Payshanba "Yoshlar kuni" munosabati bilan Urganch tuman 2-son texnikumida yoshlar bilan uchrashuv o‘tkazildi
🗓30-iyul – Urganch tuman 2-son texnikumida
"Rahbar va yoshlar"uchrashuvi tashkil etildi.
✍️Unda
Xorazm viloyati kasbiy ta’lim boshqarmasi boshlig‘i O.Saidov hamda
Xorazm viloyati transport boshqarmasi boshlig‘i T.Satimov ishtirok etib, "Hilol" mahallasi yoshlari bilan samimiy suhbatlashdilar. Uchrashuv davomida yoshlarning taklif va tashabbuslari tinglanib, ularni qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga yo‘naltirish hamda bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.
💬Shuningdek, tashrif davomida texnikumda
2026–2027-o‘quv yili uchun o‘quvchilar qabuli jarayoni,
"Dolzarb 90 kun" loyihasi doirasida tashkil etilgan to‘garaklar faoliyati hamda
Mustaqillik bayramiga tayyorgarlik ishlari ko‘zdan kechirildi.

📝Rahbarlar tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar ijobiy baholanib, ta’lim sifati va tarbiyaviy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berdilar.
30-07-2026, 14:38
Ko'rishlar: 58
Sahifani chop etish