Xorazm viloyati transport boshqarmasida yo‘lovchi tashish faoliyati bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlik subyektlari rahbarlari va mas’ul xodimlari ishtirokida seminar yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
Yigʻilishda avtomobil transportida yo‘lovchi tashish sohasida qonuniylikni ta’minlash, harakat xavfsizligini ta’minlagan holda tashishlarni amalga oshirish, tashish qoidalariga rioya etish hamda sohada yashirin iqtisodiyot va norasmiy bandlikning oldini olish, soliq intizomini mustahkamlash masalalari muhokama qilindi.
Yig‘ilishga Urganch transport prokurori, Transport IIB, viloyat soliq boshqarmasi, viloyat YHXB hamda Davlat havfsizligi xizmatning mas’ul vakillari taklif etilib, kun tartibidagi masalalar yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.
Yig‘ilish davomida mutasaddilar tomonidan avtomobil transportida tashish bilan faoliyat ko‘rsatayotgan tashuvchi korxona mas’ullariga transport vositalarining texnik holatini nazorat qilish, haydovchilarni tibbiy ko‘rikdan o‘tkazish, mehnat va dam olish rejimiga rioya etish, moliyaviy faoliyatning shaffofligini ta’minlash hamda tashuvchi korxonalar rahbarlarining mas’uliyatini oshirish zarurligi alohida ta’kidlandi.
Seminar yakunida yo‘lovchi tashish faoliyatini qonuniy tashkil etish, yashirin iqtisodiyotni oldini olish va sog‘lom raqobat muhitini shakllantirish hamda yo‘lovchilar xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha tegishli vazifalar belgilab olindi.
Asosiy maqsad — aholiga xavfsiz, sifatli va qonuniy transport xizmatlarini ko‘rsatish, sohada mas’uliyat va shaffoflikni mustahkamlashdan iborat.Xorazm viloyati transport boshqarmasi Axborot xizmati.
Вчера, 17:09
Ko'rishlar: 26
Sahifani chop etish